Barcha yangiliklar
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
Gallery image 149220
Gallery image 149221
Gallery image 149222
Gallery image 149223
Gallery image 149224
Gallery image 149225
Gallery image 149226
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
20 May 2026
18:43

MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI

❇️ 2026-yil 2-may kuni Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan yuborilgan 01-33/568-sonli xatga asosan Pastdarg‘om tumanida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash masalasi o‘rganildi.

❇️ Xususan, tuman hududidagi 84-umumta’lim maktabi rahbari tomonidan bildirilgan murojaat asosida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganishlar davomida mazkur ta’lim muassasasida tashqi hojatxona qurilishiga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

💰 Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu muammoni bartaraf etish uchun jami 162 mln so‘m mablag‘ talab etiladi.

📤 Mazkur masalani hal etish maqsadida, belgilangan tartibda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi muhokamasiga kiritish hamda mahalliy budjetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.