Barcha yangiliklar
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
Gallery image 149210
Gallery image 149211
Gallery image 149212
Gallery image 149213
Gallery image 149214
Gallery image 149215
Gallery image 149216
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
20 May 2026
18:42

Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda

🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda Pastdarg‘om tuman Go‘zalkent qo‘rg‘onidagi “Kamolot” ko‘p qavatli uylarida kuzatilgan suv sizib chiqishi holati yuzasidan bildirilgan murojaatlar asosida bugun Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan joyiga borib o‘rganildi.

✅ Holat mas’ullar ishtirokida joyida o‘rganilib, muammoni bartaraf etish amaliy choralar ko‘rilmoqda.

📈 Rejaga ko‘ra, kanalizatsiya tarmog‘i tortilib, chiqindi suvlari maxsus filtrlar orqali tozalanib, hududdagi melioratsiya tizimiga ulanadi.

🛠 Ayni paytda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Ayrim fuqarolarning noroziligi sababli jarayon vaqtincha to‘xtagan bo‘lsa-da, hozirda ishlar qayta tiklangan.

✍️Mazkur amaliy ishlar xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlari tomonidan nazoratga olingan.