Barcha yangiliklar
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
Gallery image 149181
Gallery image 149182
Gallery image 149183
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
20 May 2026
18:38

“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida

✍️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori asosida Qorag‘uppa mahallasidagi 28-son oilaviy poliklinikaga qarashli “Fayzobod” filiali binosida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

📈O‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

❇️Shuningdek, rekonstruksiya jarayonlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

❇️Aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiyot muassasalarini zamonaviylashtirish ishlari doimiy nazoratda.