Barcha yangiliklar
“Ayollar daftari” doirasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
Gallery image 149076
Gallery image 149077
Gallery image 149078
Gallery image 149079
Gallery image 149080
Gallery image 149081
Gallery image 149082
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
20 May 2026
18:06

“Ayollar daftari” doirasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda

 “Ayollar daftari” doirasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda 

  

Oltiariq tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish maqsadida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda “Ayollar daftari”ning 1-toifa ro‘yxatiga kiritilgan ishsiz
xotin-qizlar uchun tumanda faoliyat yuritayotgan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Ibragimov tashabbusi bilan tashkil etilgan "MAZZONI TEXTIL" MCHJdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishuv
tashkil etildi.
Tanishuv jarayonida korxona mas’ullari tomonidan ishchilar uchun yaratilgan mehnat
sharoitlari, ish jarayoni hamda mavjud imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Quvonarlisi, uchrashuv davomida 10 nafar xotin-qiz ishlash istagini bildirib, bandligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam tashladi.