Barcha yangiliklar
Mahallalarda muloqot va rivojlanish masalalari muhokama qilindi
Gallery image 149039
Gallery image 149040
Gallery image 149041
Gallery image 149042
Gallery image 149043
Gallery image 149044
Gallery image 149045
Gallery image 149046
Gallery image 149047
Gallery image 149048
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
20 May 2026
17:47

Mahallalarda muloqot va rivojlanish masalalari muhokama qilindi

Toshkent shahar xokimi Olmazor tumaniga tashrif buyurdi✨

Kuni kecha Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Olmazor tumaniga tashrif buyurib, tuman xokimi Qudratilla To‘laganov, tuman Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, mutasaddi tashkilot raxbarlari va tuman faollari bilan birgalikda daraxt ekish aksiya doirasida G‘alaba bog‘i oldidagi alleyada manzarali daraxtlarni ekib, yashil xududlarni ko‘payishiga o‘z xissalarini ko‘shdilar.

So‘ng, mahalla fuqarolari, faollar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ularning taklif va murojaatlari tinglanib, ko‘pi joyida xal etildi. Uchrashuvga tashrif buyurgan fuqarolar shahar va tuman xokimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tadbir davomida ijtimoiy soha vakillari bilan ham ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda 4-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi hududida investitsiya dasturi doirasida barpo etilayotgan yangi ta’lim tashkilotlarining yangi loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi

.Tadbir yakunida Turin politexnika universitetining majlislar zalida Toshkent shahar xokimining Olmazor tumani aholisi bilan hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, rejalar va asosiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot berdi. Uchrashuv savol javobga boy bo‘ldi.Ushbu keng ko‘lamli tadbir yangi formatda bo‘lib o‘tdi va barcha tadbir ishtirokchilarida yaxshi taassurot qoldirdi.