Barcha yangiliklar
#huquqiy_tavsiyalar
Gallery image 148954
Gallery image 148955
Gallery image 148956
Gallery image 148957
Gallery image 148958
Gallery image 148959
Gallery image 148960
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
20 May 2026
16:59

#huquqiy_tavsiyalar

#huquqiy_tavsiyalar


Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati I. Ismatov, shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan ko‘chmas mulklarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq huquqiy muammolar o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolar va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ko‘chmas mulk hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, kadastr hujjatlarini olish, mulk huquqini tasdiqlash hamda tegishli tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ayrim fuqarolar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni uzoq davom etayotgani, ayrim maʼlumotlarni olishda qiyinchiliklar mavjudligi bildirildi.

Mutaxassislar tomonidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berilib, murojaatlarni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, hujjatlashtirish jarayonlarini soddalashtirish hamda aholiga qulaylik yaratish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi taʼkidlandi.


Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash