Barcha yangiliklar
Haftalik rejaga muvofiq, eski temir ko‘prik o‘rniga yangi va mustahkam ko‘prik qurilmoqda.
Gallery image 148900
Gallery image 148901
Gallery image 148902
Gallery image 148903
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
19 May 2026
16:33

Haftalik rejaga muvofiq, eski temir ko‘prik o‘rniga yangi va mustahkam ko‘prik qurilmoqda.

Mazkur temir ko‘prik uzoq yillar davomida aholiga xizmat qilib kelgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan texnik jihatdan yaroqsiz holatga kelib, piyodalar va transport vositalari harakati uchun noqulayliklar tug‘dirayotgan edi.

Ayni paytda hududda zamonaviy talablar asosida yangi ko‘prik qurilishi ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Yangi inshoot aholi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi.

Ushbu qurilish ishlari O'zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputat Y.Axmedov tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, loyihaning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borilmoqda.