Barcha yangiliklar
ILMIY MONOGRAFIYA TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 148857
Gallery image 148858
Gallery image 148859
Gallery image 148860
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
20 May 2026
16:10

ILMIY MONOGRAFIYA TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI

Tadbirda ilmiy jamoatchilik vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Taqdimot davomida monografiyaning ilmiy ahamiyati, unda ilgari surilgan nazariy va amaliy xulosalar, shuningdek, sovet davridagi qatag‘on siyosatining mohiyati, tarixiy ildizlari va institutsional shakllanish jarayonlari atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur kitob Konrad Adenauer nomidagi fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasi moliyaviy ko‘magida nashr etilgani xalqaro ilmiy hamkorlikning izchil rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.

Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan ushbu monografiyaning tarix fanini rivojlantirishdagi o‘rni, qatag‘on davri voqealarini ilmiy asosda o‘rganishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzu yuzasidan ilmiy muloqot olib bordilar.