Barcha yangiliklar
#Doimiy komissiya yig‘ilishi
Gallery image 148804
Gallery image 148805
Gallery image 148806
Gallery image 148807
Gallery image 148808
Gallery image 148809
Gallery image 148810
Gallery image 148811
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
20 May 2026
15:48

#Doimiy komissiya yig‘ilishi

   

Xalq deputatlari Jalakuduq tuman Kengashi “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”ning navbatdagi yig‘ilishida Jalakuduq tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari ijrosi, amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan hisobot dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, erta tashxis qo‘yish tizimini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni keng targ‘ib qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, tuman aholisi salomatligini mustahkamlash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, malakali kadrlar bilan ta’minlash va xizmat
ko‘rsatish sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi. Komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, mavjud kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish, kelgusida ish samaradorligini oshirish hamda davlat dasturlarini to‘liq va sifatli ijro etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.