Barcha yangiliklar
#doimiy komissiya_faoliyati
Gallery image 148685
Gallery image 148687
Gallery image 148689
Gallery image 148691
Gallery image 148693
Gallery image 148695
Gallery image 148697
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
20 May 2026
15:12

#doimiy komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisobotlari eshitildi.
✔️Yig‘ilish davomida shu oyda sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida oʻrganish ya’ni mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi, soliq tushumlarini oshirish, tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda iqtisodiy islohotlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
✔️Shuningdek, komissiya a’zolari tomonidan budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, soliq qarzdorligini qisqartirish, yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish va aholi bandligini ta’minlash borasida fikr-mulohazalar hamda takliflar bildirildi.
✔️Muhokamalar jarayonida mutasaddi rahbarlarga aniq vazifalar belgilab berilib, kelgusida mazkur yo‘nalishlardagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
✔️Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.