Barcha yangiliklar
Tibbiy xizmat sifati va istiqbolli hamkorlik
Gallery image 148622
Gallery image 148623
Gallery image 148624
Gallery image 148625
Gallery image 148626
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
19 May 2026
14:54

Tibbiy xizmat sifati va istiqbolli hamkorlik

🔴 Davra suhbati davomida sohada so‘nggi yillarda erishilgan salmoqli yutuqlar hamda moddiy-texnik bazaning yangilanishi e’tirof etilib, shifokorlarning fidokorona mehnatiga yuqori baho berildi.

🔴Shu bilan birga, murojaatlar asosida aniqlangan tizimli kamchiliklar va xizmat ko‘rsatish sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

🔴Deputatlar tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilishda faqat tibbiyot xodimlari emas, balki xalq vakillari ham birdek mas’ul ekanligi, mavjud muammolarni hal etishda deputatlik nazorati imkoniyatlaridan keng foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

🔴Yakunda sohani yanada rivojlantirish va tibbiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha "Xalq vakili — Tibbiyot xodimi" tamoyili ostida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

🔴Bunday yaqin hamkorlik kelgusida tuman aholisi uchun sifatli, tezkor va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.