Barcha yangiliklar
Insonparvarlik yordami ko‘rsatildi
Gallery image 148584
Gallery image 148585
Gallery image 148586
Gallery image 148587
Gallery image 148588
Gallery image 148589
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
20 May 2026
14:43

Insonparvarlik yordami ko‘rsatildi

             Jalaquduq tumanidagi “Bozorboshi” MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaro Mamatqulova Marg‘ubaxon xonadonida sodir bo‘lgan yong‘in hodisasi oqibatlari mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganildi. Aniqlanishicha, yong‘in natijasida xonadonning yashash uchun mo‘ljallangan qismi jiddiy zarar ko‘rgan. Shuningdek, oilaga tegishli ayrim muhim hujjatlar va kundalik ehtiyoj buyumlari ham yonib ketgan. Mazkur holat sababli oila murakkab ijtimoiy ahvolga tushib qolgan. Shu munosabat bilan tuman Kengashi deputati, kotibiyat bosh mutaxassisi Yo. Tadjiboyeva, Andijon viloyati Qizil yarim oy jamiyati mas’ul xodimlari hamda “Bozorboshi” MFY raisi O.Meliboyevlar zarar ko‘rgan xonadonga tashrif buyurib, oilaning yashash sharoiti va ehtiyojlarini yaqindan o‘rgandilar. Tashrif davomida oilaga zarur amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, Andijon viloyati Qizil yarim oy jamiyati tomonidan birinchi navbatda zarur bo‘lgan yumshoq anjomlar, gigiyenik vositalar hamda kundalik iste’mol mahsulotlari topshirildi. Mas’ullar tomonidan bunday og‘ir vaziyatga tushib qolgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.