Barcha yangiliklar
Deputat faoliyati: Muammolar yechimi va tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlash
Gallery image 148485
Gallery image 148486
Gallery image 148487
Gallery image 148488
Gallery image 148489
Gallery image 148490
Gallery image 148491
Gallery image 148492
Gallery image 148493
Gallery image 148494
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
15 May 2026
14:31

Deputat faoliyati: Muammolar yechimi va tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlash

🔴Navbatdagi tadbirlar davomida hududdagi mavjud muammolar bevosita joyiga chiqqan holda atroflicha tahlil qilindi. Xususan, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ichki yo‘llarni ta’mirlash va elektr ta’minotini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔴Mazkur aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

🔴Shuningdek, xonadonlardagi oilaviy tadbirkorlik faoliyati hamda hokim yordamchisi tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli sarflanishi samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

🔴Yakunda deputat tomonidan imtiyozli mablag‘lardan unumli foydalanib, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha tadbirkorlarga zarur tavsiyalar berildi.

🔴Shu bilan birga, "Mahalla yettiligi"ga aholi bandligini ta’minlash va kreditlar monitoringini qat’iy nazoratga olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar ko‘rsatib o‘tildi.