Barcha yangiliklar
Deputat o‘z saylov okrugida Kengash qarorining ijrosini o‘rgandi, Alisher Navoiy mahallasida o'rganishlar davom etmqoda
Gallery image 148472
Gallery image 148473
Gallery image 148474
Gallery image 148475
Gallery image 148476
Gallery image 148477
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
15 May 2026
14:28

Deputat o‘z saylov okrugida Kengash qarorining ijrosini o‘rgandi, Alisher Navoiy mahallasida o'rganishlar davom etmqoda

🔹Tashrif davomida tuman Kengashining 2026-yil 30-martdagi VII-17-28-8-112-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan dastur ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganib, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan infratuzilma loyihalarining borishi va ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarining sifatiga alohida e’tibor qaratdi.

🔹Xususan, dastur doirasida mahallaning ichki ko‘chalarida amalga oshirilgan 2 000 metr qismini asfaltlash ishlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🔹O‘rganishlar davomida yo‘llarning sifati va belgilangan me’yorlar asosida bajarilganligi tahlil qilinib, kelgusidagi obodonlashtirish ishlari yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi.

🔹 Shuningdek, muloqotlar davomida aholi bilan samimiy suhbat uyushtirilib, mahalla ahli ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibordan mamnun ekanliklarini hamda tuman Kengashi deputatlaridan minnatdor bo‘lib, ijro hokimiyatiga o‘z tashakkurlarini bildirishdi.

🔹Bu kabi Kengash qarorlari ijrosining tizimli nazorat qilinishi hudud infratuzilmasini tubdan yaxshilash va saylovchilarning haqli e’tirofiga sabab bo‘lmoqda.