Barcha yangiliklar
Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 148413
Gallery image 148414
Gallery image 148415
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
18 May 2026
14:16

Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan tumanning “Aydarali” mahallasi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida yo‘l qurilishi sifati, asfalt yotqizish ishlarining belgilangan talablar asosida amalga oshirilayotgani hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish masalalari yuzasidan “Ravon Yo‘llar Qurilish” MChJ pudrat tashkiloti vakillari bilan suhbatlashildi.

🔺Bu kabi o‘rganishlar davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.