Barcha yangiliklar
alq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida 2026-yilning I choragi davomida tumanda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish hamda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
Gallery image 148355
Gallery image 148356
Gallery image 148357
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
19 May 2026
00:00

alq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida 2026-yilning I choragi davomida tumanda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish hamda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida 2026-yilning I choragi davomida tumanda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish hamda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Payariq tumani bo‘limi boshlig‘i M.Burxonovning hisoboti muhokama qilindi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2026-yilning 3 oyi davomida tuman hududida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar qayd etilmagan. Mavjud 60 turdagi yuqumli kasalliklardan 11 turi ro‘yxatga olingan.

Shuningdek, o‘tkir ichak infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar 2025-yilning shu davrida 58 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yilning 3 oyida 45 ta holat qayd etilib, 13 taga kamayganligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda yuqumli kasalliklarning oldini olish, sanitariya holatini yaxshilash hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram