Barcha yangiliklar
Tumanda 2026-yilning birinchi choragi davomida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M.Xamrayevning hisoboti doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi.
Gallery image 148349
Gallery image 148350
Gallery image 148351
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
19 May 2026
00:00

Tumanda 2026-yilning birinchi choragi davomida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M.Xamrayevning hisoboti doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev, Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi S.Maxkamov, komissiya raisi o‘rinbosari L.Djamalova va komissiya a’zolari ishtirok etdilar.

Muhokamalar davomida 2026-yilning 3 oyi davomida Payariq tumanida jami 163 ta jinoyat qayd etilgani, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 61 taga yoki 167,2 foizga oshgani alohida qayd etildi.

Ayniqsa, ayrim mahallalarda jinoyatchilikning oshishiga sabab bo‘layotgan omillar, profilaktik ishlarning yetarli darajada tashkil etilmagani, yoshlar va ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlash tizimini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram