Barcha yangiliklar
Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tarzda doimiy komissiyalarda muhokama qilindi
Gallery image 148193
Gallery image 148194
Gallery image 148195
Gallery image 148196
Gallery image 148197
Gallery image 148198
Gallery image 148199
Gallery image 148200
Gallery image 148201
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
05 May 2026
11:37

Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tarzda doimiy komissiyalarda muhokama qilindi

Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar joy oldi:

🔴Dabdababozlikka qarshi kurash: Jarqo‘rg‘on tuman nuroniylar jamg‘armasi rahbari Ch.Abduraimovning aholi o‘rtasida ortiqcha hashamat va isrofgarchilikning oldini olish borasidagi 2026-yil I-chorak hisoboti hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar tinglandi.

🔴Korrupsiyadan xoli hudud: Tumanni korrupsiyadan xoli hududga aylantirish va jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

🔴Bozorlarda raqamlashtirish: "Dehqon oziq-ovqat bozori" va "Jarqo‘rg‘on savdo kompleksi" avtoturargohlariga kirib-chiqishni raqamlashtirish orqali korrupsion holatlarni bartaraf etish masalasi muhokama markazida bo‘ldi.

🔴Yo‘l infratuzilmasi: Avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlash holati bo‘yicha joriy yilning I-choragida bajarilgan ishlar deputatlar tomonidan tanqidiy ko‘rib chiqildi.

🔴Aholi uchun qulaylik: "Surxon sohili" mahallasidagi O‘zbekiston va Shifokor ko‘chalarini bog‘lovchi hududda zamonaviy saylgoh tashkil etish hamda aholi hordig‘i uchun avtomobil qatnovini cheklash taklifi o‘rganib chiqildi.

✅ Yig‘ilish davomida deputatlar mas’ul rahbarlarga sohalardagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qat’iy savollar qo‘yib, ish samaradorligini oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berdilar. Muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan doimiy komissiyalarning tegishli qarorlari qabul qilindi.