Barcha yangiliklar
Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati va aholi bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar
Gallery image 148159
Gallery image 148160
Gallery image 148161
Gallery image 148162
Gallery image 148163
Gallery image 148164
Gallery image 148165
Gallery image 148166
Gallery image 148167
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
04 May 2026
11:23

Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati va aholi bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar

Xalq deputatlari Jarqo'rg'on tuman Kengashi deputati Z.Ahmedova tuman Kengashi kotibiyati tomonidan belgilangan grafik asosida tumandagi "Obodguzar" MFYsida bo'lib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va oldinda turgan vazifalar yuzasidan o'rganish olib bordi.

🔴 Deputat o‘z saylov okrugidagi "Paxtaobod" MFYsida mahalla yettiligi bilan "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha" belgilangan 24 tavsiyalar asosida o'rganish o‘tkazib, hududdagi mavjud infratuzilma holati, ustuvor vazifalar hamda muammolarni bosqichma-bosqich hal etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

🔴 O'rganish davomida fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanib, joylarda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda mahalla aholisi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilinib, fuqarolardan mahalladagi sim ustunlari yangi beton ustunlarga almashtirish, ichki yo'llarni toshlash va asfaltlash, ichimlik suv inshoatini ta'mirlashga doir kelib tushgan murojaatlarni hal qilish maqsadida deputatlik nazoratini o'rnatib, muammolar bo'yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilab olindi.