Barcha yangiliklar
Tuman Kengashi kotibiyati  tomonidan “Polvonlar yurti” mahallasida aholining ijtimoiy himoyasi va deputatlik nazorati yuzasidan o'rganishlar o'tkazildi
Gallery image 148152
Gallery image 148153
Gallery image 148154
Gallery image 148155
Gallery image 148156
Gallery image 148157
Gallery image 148158
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
04 May 2026
11:21

Tuman Kengashi kotibiyati tomonidan “Polvonlar yurti” mahallasida aholining ijtimoiy himoyasi va deputatlik nazorati yuzasidan o'rganishlar o'tkazildi

🔴 13-Paxtazavod saylov okrugidan saylangan deputat X.Xaitov hududida nogironligi mavjud shaxslarga berilgan davlat imtiyozlarining qo‘llanilish holati ko‘zdan kechirildi.

🔴O‘rganishlar davomida mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand fuqaroning uy-joyini ta’mirlash jarayoni va tuman ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ko‘rsatayotgan yordam keng ko‘lami tahlil qilindi.

🔴Kotibiyat mudiri qurilish maydonida bo‘lib, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari va quruvchilar bilan bevosita muloqot o‘tkazdi.

🔴Mas’ullarga barcha ta’mirlash ishlarini yuqori sifat bilan bajarish hamda belgilangan muddatlardan kechiktirmasdan topshirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berildi.

🔴Bu kabi amaliy tadbirlar mahallabay ishlash tizimi orqali aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va deputatlik nazoratini amalda ta’minlashga xizmat qiladi.