Barcha yangiliklar
Deputat nazorati: mahallalarda o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 148136
Gallery image 148137
Gallery image 148138
Gallery image 148139
Gallery image 148140
Gallery image 148141
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
04 May 2026
11:16

Deputat nazorati: mahallalarda o‘rganish ishlari olib borildi

🔴"Qo‘ldovli" mahallasida ommaviy hasharlarni tashkil etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish va nuroniylar ishtirokida tarbiyaviy soatlar o‘tkazilishi holati ko‘zdan kechirildi.

🔴Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha mahalla raisiga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🔴“Madaniyat” mahallasida hokim yordamchisining ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish hamda ularning bandligini ta’minlash borasidagi ishlari tahlil qilindi.

🔴Shuningdek, bo‘sh turgan bino va yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔴O‘rganish davomida mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar va ularning oila a’zolari bilan ishlash tizimining samaradorligi ham ko‘rib chiqildi.

🔴Bu kabi amaliy muloqotlar mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tizimli hal etish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.