Barcha yangiliklar
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILIB, MASALALAR JOYIDA HAL ETILMOQDA
Gallery image 148030
Gallery image 148031
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
20 May 2026
10:53

FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILIB, MASALALAR JOYIDA HAL ETILMOQDA

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev tomonidan tumandagi Jarquduq mahallasida aholining yashash sharoiti, shuningdek, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammo va murojaatlar yuzasidan xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida deputat Jarquduq mahallasi yettiligi bilan hamkorlikda fuqarolar bilan muloqot qilib, ularning murojaatlari va takliflarini tingladi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etildi.

Shuningdek, aholini qiynayotgan ijtimoiy va maishiy muammolarni bartaraf etish, fuqarolarga amaliy ko‘mak berish hamda ularning murojaatlariga tezkor yechim topish borasida mas’ullar ishtirokida tegishli choralar belgilandi.

Bunday uchrashuv va o‘rganishlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.