Barcha yangiliklar
Mahallada fuqarolar murojaati: Tahlil va amaliy natijalar
Gallery image 147917
Gallery image 147918
Gallery image 147919
Gallery image 147920
Gallery image 147921
Gallery image 147922
Gallery image 147923
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
24 Apr 2026
10:40

Mahallada fuqarolar murojaati: Tahlil va amaliy natijalar

🔴O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiyaning ijro holati atroflicha tahlil qilindi.

🔴Mahalla yettiligi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va muammolarning hal etilishi deputat e’tiborida bo‘ldi.

🔴Xususan hokim yordamchisi tomonidan ishsiz aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash borasidagi ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli sarflanishi deputatlik nazoratiga olindi.

🔴Shuningdek, mahalla hududida ajratilgan kreditlarni maqsadli taqsimlanganligini bilish uchun aholi xonadonlariga borilib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

🔴Deputat va mahalla mas’ullari hamkorligida fuqarolarni qiynayotgan masalalarni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rildi.

🔴Nazorat tadbiri davomida murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.

🔴Mahalladagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishda "mahallabay" ishlash tizimining sifat darajasi yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.