Barcha yangiliklar
❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Natalya Yurevna Odintsova “Katta Yangiobod” mahallasida fuqarolar murojaati asosida tuman hokimligiga deputat so‘rovi yubordi.
Gallery image 147909
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
20 May 2026
10:39

❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Natalya Yurevna Odintsova “Katta Yangiobod” mahallasida fuqarolar murojaati asosida tuman hokimligiga deputat so‘rovi yubordi.

📌“Katta Yangiobod” mahallasidagi Chilon ota ko‘chasida joylashgan jamoat transporti bekati atrofi o‘rganilganda, 2023-yilda yer osti kabel tarmog‘i o‘tkazilgach, asfalt qoplamasi to‘liq tiklanmagani aniqlangan. Natijada yo‘l notekis holga kelib, fuqarolar, ayniqsa keksalar, ayollar va bolalar uchun yiqilish xavfi yuzaga kelmoqda.

📝Shu sababli hududni qayta o‘rganish va asfalt qoplamasini to‘liq tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

✅Ma’lumot uchun: deputat so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputati maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga muvofiq yuborilgan.