Barcha yangiliklar
Mahallabay ishlash tizimi va aholi muammolari Kengash kotibiyati nazoratida
Gallery image 147854
Gallery image 147855
Gallery image 147856
Gallery image 147857
Gallery image 147858
Gallery image 147859
Gallery image 147860
Gallery image 147861
Gallery image 147862
Gallery image 147863
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
22 Apr 2026
10:32

Mahallabay ishlash tizimi va aholi muammolari Kengash kotibiyati nazoratida

🔴Mazkur jarayonda xalq deputatlari tumani Kengashi kotibiyati mudiri Abdulazim Samanov, 2-Ismoiltepa saylov okrugi deputati Ro'zi Chorshanbiyev, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Toshpo'lat Rajabov, hamda mahalla mas’ullari ishtirok etdi.

🔴O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatning 24 ta muhim tavsiyasi asosida ijtimoiy xodim tomonidan "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalarga yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar tahliliy ko‘rib chiqildi.

🔴Deputat hudud fuqarolari bilan bevosita muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarni tingladi va huquqiy tushuntirishlar berish bilan birga amaliy yordam choralarini belgiladi.

🔴Mahalla faollari ishtirokida Ravshanlik ko‘chasidagi elektr transformatorlarini ta’mirlash hamda ularning atrofini muhofaza qilish masalasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔴Shuningdek, mahalladagi 180 o‘ringa mo‘ljallangan 33-sonli "Dilshod" maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati va undagi tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

🔴Bog‘cha hududida zamonaviy bolalar maydonchasini tashkil etish va elektr ta’minotidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik so‘rovlari chiqarishga kelishib olindi.

🔴Ushbu sa’y-harakatlar mahalladagi infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash va yosh avlod uchun munosib sharoit yaratishga qaratilgan.