Barcha yangiliklar
🔰Hamjihatlik namunasi.
Gallery image 147795
Gallery image 147796
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
20 May 2026
10:20

🔰Hamjihatlik namunasi.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov tomonidan, Muborak Qurbon hayiti bayrami arafasida o‘tganlarning xotirasini yod etish va ziyoratgohlarni tartibga keltirish maqsadida Qaliya MFYda yig‘ilish tashkil etildi. Unda hududdagi "Qaliya", "Bobur", “Madaniyat”, “Yoshlik”, “Ittifoq”, “Tinchlik”, “Ulug‘bek” va “Do‘stlik” MFYlarining el boshlari va faollari ishtirok etishdi.

🔸Yig‘ilishda "Qaliya" qabristonida keng qamrovli tozalash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Mahalla oqsoqollari bir yoqadan bosh chiqarib, qabrlarni tartibga keltirish va hududni tozalash ishlarini Hayit bayrami kunigacha to‘liq yakunlashga bir ovozdan kelishib oldilar.

🔸Bu kabi xayrli tadbirlar mahallalararo jipslik va ajdodlar xotirasiga bo‘lgan yuksak hurmatning yorqin namunasidir.