Barcha yangiliklar







RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
20 May 2026
10:15
📌 29-son maktabda ovqatlanish sifati nazorat qilindi
🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G. Dosova hamda kotibiyat xodimi U.Ruzmetov, komissiya a’zolari tomonidan tumandagi Ipakchi mahallasi hududida joylashgan 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida monitoring ishlari olib borildi.
🍲 O‘rganish davomida Vazirlar Mahkamasining 472-sonli qarori ijrosi, sog‘lom ovqatlantirish tizimi, oshxona faoliyati, taomlar sifati hamda sanitariya-gigiyena talablari ko‘zdan kechirildi.
✅ Monitoring yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.