Barcha yangiliklar
Namuna mahallasida deputatlik nazorati: Ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilash va mahalla yettiligi faoliyati e’tiborda
Gallery image 147728
Gallery image 147729
Gallery image 147730
Gallery image 147731
Gallery image 147732
Gallery image 147733
Gallery image 147734
Gallery image 147735
Gallery image 147736
Gallery image 147737
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
17 Apr 2026
10:12

Namuna mahallasida deputatlik nazorati: Ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilash va mahalla yettiligi faoliyati e’tiborda

🔴Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan 24 ta muhim tavsiyalar asosida mahalla yettiligining ish faoliyati va fuqarolar bilan muloqot tizimi tahlil qilindi.

🔴O‘rganishlar davomida mahalladagi 21-sonli umumta’lim maktabida bo‘linib, kuchli shamol natijasida sport zalining tom qismi ko‘chib ketganligi va bu dars jarayonlariga xalaqit berayotgani aniqlanib, uni qayta ta’mirlash masalasi nazoratga olindi.

🔴Shuningdek, hududdagi 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishilib, binoni zamonaviy talablar asosida qayta rekonstruksiya qilish yuzasidan bildirilgan takliflar deputat tomonidan nazoratga olindi.

🔴Mazkur infratuzilma muammolarini bartaraf etish va zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlash maqsadida mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

🔴Muloqot yakunida mahalla faollariga aholi muammolarini hal etishda tezkorlikni oshirish hamda "mahallabay" ishlash tizimini yanada kuchaytirish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.