Barcha yangiliklar
Kengash raisi Do‘stlik mahallasida: Mahalla yettiligi va maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati e’tiborda
Gallery image 147721
Gallery image 147722
Gallery image 147723
Gallery image 147724
Gallery image 147725
Gallery image 147726
Gallery image 147727
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
16 Apr 2026
10:10

Kengash raisi Do‘stlik mahallasida: Mahalla yettiligi va maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati e’tiborda

Uchrashuv davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholi bandligi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida mahalla mas’ullari bilan o‘zaro fikr almashildi.

Shundan so‘ng, hududdagi "Tabassum" maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, u yerda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Soha xodimlari bilan o‘tgan ochiq muloqotda bog‘cha infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda bolajonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ijobiy baholanib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday amaliy tashriflar mahalla hayotidagi masalalarni bevosita o‘rganish va maktabgacha ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.