Barcha yangiliklar
Deputat va kotibiyat birgalikda ichki yo‘llarni ta’mirlash va mahallabay ishlash tizimi ko‘zdan kechirildi
Gallery image 147690
Gallery image 147691
Gallery image 147692
Gallery image 147693
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
16 Apr 2026
10:06

Deputat va kotibiyat birgalikda ichki yo‘llarni ta’mirlash va mahallabay ishlash tizimi ko‘zdan kechirildi

🔴Uchrashuv davomida ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha aholining takliflari tinglanib, mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar rejasi belgilab olindi.

🔴Shu bilan birga, Oliy Majlis Senati tomonidan berilgan 24 ta muhim tavsiya ijrosi doirasida mahalladagi hokim yordamchisining faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlari ko‘zdan kechirildi.

🔴Muloqotlar davomida mahallaning iqtisodiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi vazifalar tahlil qilinib, hokim yordamchisiga uslubiy tavsiyalar berildi.

🔴Deputat va kotibiyatning bunday hamjihatlikdagi o‘rganishlari mahallalardagi muammolarni tizimli hal etish hamda tavsiyalar ijrosini ta’minlashda yuksak samaradorlik ko‘rsatmoqda.