Barcha yangiliklar
“Darband” mahallasida loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari deputat tomonidan o‘rganildi.
Gallery image 147683
Gallery image 147684
Gallery image 147685
Gallery image 147686
Gallery image 147687
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
20 May 2026
10:05

“Darband” mahallasida loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari deputat tomonidan o‘rganildi.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 9-Darband saylov okrugidan saylangan deputat Ramazonov Muzaffar “Darband” mahallasiga bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-141-son Qarori ijrosining ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.

Birinchi navbatda loyiha asosida mahalladagi 39-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari, xususan 120 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi hamda 50 o‘rinli oshxona qurilishi jarayonlari o‘rganildi.

Qurilish obyektida olib borilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va qurilish materiallarining talab darajasida ekanligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan mutasaddilarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.