Barcha yangiliklar



















RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
16 Apr 2026
10:00
Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatlari J.Pardayev va X.Xaitovlar o‘z saylov okrugidagi "Paxtazavod”, "Qorabura" mahallasida bo‘lib, tuman Kengashi kotibiyati xodimi X.Utayev bilan birgalikda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan tanishdi.
🔴Uchrashuv davomida belgilangan 24 tavsiyalar asosida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektorlarining amalga oshirayotgan ishlari va istiqboldagi rejalari tinglandi.
🔴Shuningdek, mahalla yettiligi bilan kechgan muloqotda aholini qiynayotgan dolzarb muammolar va infratuzilmani yaxshilashga doir takliflar o‘rtaga tashlandi.
🔴Har bir murojaat va bildirilgan tashabbus deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
⚫️Ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tartibda deputatlik so‘rovnomalarini yuborish yuzasidan kelishib olindi.
✅Bu kabi muloqotlar mahalla obodligini ta’minlash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.