Barcha yangiliklar
#Doimiy_Komissiya_faoliyati
Gallery image 147631
Gallery image 147632
Gallery image 147633
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
14 Apr 2026
09:51

#Doimiy_Komissiya_faoliyati

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi tomonidan tuman soliq hamda qishloq xo‘jaligi inspeksiyalarida joriy yilning I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari deputatlar e’tiboriga havola etildi.

Yig‘ilish davomida ushbu tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yetarli emasligi va ayrim yo‘nalishlarda natijadorlik past ekanligi qat’iy tanqid ostiga olindi.

Muhokama yakunida sohadagi tizimli muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga aniq va qat’iy ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Komissiya tomonidan korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va har bir mas’ulning shaxsiy javobgarligini oshirish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.