Barcha yangiliklar
Bugun Xatirchi Ixtisoslashtirilgan maktabida birinchi qo‘ng‘iroq jaranglab, yangi o‘quv yili boshlandi.
Gallery image 16184
Gallery image 16185
Gallery image 16186
Gallery image 16187
KAMOLOV SHOXRUX ERGASHEVICH
05 Sen 2024
11:21

Bugun Xatirchi Ixtisoslashtirilgan maktabida birinchi qo‘ng‘iroq jaranglab, yangi o‘quv yili boshlandi.

Bugun Xatirchi Ixtisoslashtirilgan maktabida birinchi qo‘ng‘iroq jaranglab, yangi o‘quv yili boshlandi.

Bugungi bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimi Umidjon Adizov ishtirok etib, barcha o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida omad va zafarlar tiladilar.

Shundan so‘ng maktab uzra jaranglagan davlatimiz madhiyasi har bir o‘g‘il-qizni o‘qishga, ilm cho‘qqilarini zabt etishga va yangi maqsadlar sari dadil intilishga undadi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda so‘z olganlar yurtimiz o‘tmishi, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, yuksak bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida gapirib o‘tdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar ozod va obod Vatan, mustaqillik, baxt va tinchlik haqida chiqishlari va kuy-qo‘shiqlar ijro etishdi.

Shundan so‘ng birinchi qo‘ng‘iroq sadolari ostida barcha o‘quvchilarga sinf xonalariga darsga ruxsat berildi.