Barcha yangiliklar
Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !
Gallery image 147592
Gallery image 147593
Gallery image 147594
Gallery image 147595
Gallery image 147596
Gallery image 147597
Gallery image 147598
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
10 Apr 2026
09:34

Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !

📎O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrda 741-sonli “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan.

🔴Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida amaliy ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

🔴Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida, Kengash kotibiyati mudiri A.Samanov hamda “Madad” NNT tuman bosh mutaxassisi S.Vahobov ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi qabuli tashkil etildi.

🔴Samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda har bir murojaatchining muammosi diqqat bilan tinglanib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va huquqiy tavsiyalar berildi.

🔴Asosiy e’tibor aholining huquqiy savodxonligini oshirish va murojaatlarni joyida, tezkorlik bilan ko‘rib chiqish uchun ikki tashkilotning imkoniyatlarini birlashtirishga qaratildi.

🔴Bu kabi hamkorlikdagi qabullar davlat organi va nodavlat sektorning birgalikdagi harakati fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda qanchalik samarali ekanini yana bir bor isbotlamoqda.

🔴Zero, tuman Kengashi va “Madad” tashkilotining hamjihatlikdagi faoliyati mahalliy aholining muammolarini bartaraf etish va ijtimoiy adolatni qaror toptirishga xizmat qiladi.