Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 147547
Gallery image 147548
Gallery image 147549
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
20 May 2026
09:10

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 15-okrug deputati Gul’nora To‘xtanazarova tomonidan “Yangiyo‘l” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Jarayonda mahalla raisi hamda xotin-qizlar faoli ishtirok etib, murojaatda ko‘tarilgan masalani atroflicha muhokama qildi. Fuqaroning muammosini ijobiy hal etish, amaliy yordam ko‘rsatish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Deputat tomonidan hudud aholisi murojaatlariga e’tibor qaratish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.