Barcha yangiliklar
XATIRCHI TUMANIDAGI TA’LIM MUASSASALARIDA BIRINCHI QO‘NGʻIROQ  JARANGLADI
Gallery image 16170
Gallery image 16171
Gallery image 16172
Gallery image 16173
KAMOLOV SHOXRUX ERGASHEVICH
05 Sen 2024
10:41

XATIRCHI TUMANIDAGI TA’LIM MUASSASALARIDA BIRINCHI QO‘NGʻIROQ JARANGLADI

Xatirchi tumanining Galabek MFY hududida joylashgan 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati mudiri J.Hamroev hamda tuman Kengashi deputati Yu.Xushvaqtova "Mustaqillik darsi"ni o'tdilar "Mustaqillik darsi"da o'quvchilarni Mustaqilligimizning 33-yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, mustaqillikning ma'no-mazmuni, mustaqillik zamirida yaratilayotgan shart-sharoitlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Mazkur maktabda hozirda 722 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Yangi o‘quv yilida 102 nafar o‘quvchi birinchi sinfga qabul qilinib, tadbir davomida ularga Prezident sovg‘alari topshirildi.

“Mustaqillik dars”lari ko‘tarinki kayfiyatda o’tkazildi.