Barcha yangiliklar



RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
19 May 2026
18:07
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLADAGI MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI
Mazkur jarayonda fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ham ishtirok etdilar.
O‘rganishlar davomida “Jiyanbobo” mahallasi hududidagi elektr energiyasi simlarining uzilganligi va nosoz holatga kelib qolganligi aniqlandi. Ushbu muammoni zudlik bilan hal etish yuzasidan soha mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berildi va nosozliklar qisqa muddatda to‘liq bartaraf etilib, ijrosi ta’minlandi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati