Barcha yangiliklar













JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
19 May 2026
17:49
Zarxal MFYdagi transformator muammosi bartaraf etildi
Zarxal MFYdagi transformator muammosi bartaraf etildi
11-Ko‘mirchi saylov okrugi hududidagi Zarxal MFY Zarhal-2 ko‘chasidagi transformator kuz-qish mavsumida taʼmirtalab holga kelib qolgan va aholi eʼtiroz bilan murojaat qilgan edi. Bugun tuman Kengashi deputati A. Yursunov va mahalla faollari tashabbusi bilan taʼmirlash ishlari olib borildi. Tuman Elektr taʼminoti korxonasi raxbariyati va hodimlariga hudud faollari tashakkur bildirishmoqda.