Barcha yangiliklar
Barcha umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Gallery image 16118
Gallery image 16119
Gallery image 16120
Gallery image 16121
Gallery image 16122
Gallery image 16123
Gallery image 16124
Gallery image 16125
Gallery image 16126
Gallery image 16127
Gallery image 16128
Gallery image 16129
Gallery image 16130
Gallery image 16131
IMINJANOVA DILFUZAXON ERGASHOVNA
04 Sen 2024
15:51

Barcha umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi

 Davlatmiz mustaqilligining 33 yilligi tantanalari shukuhi kezib yurgan mamlakatmizning barcha umumta’lim maktablarida bilimlar kuni va birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi.Xuddi shunday tadbirlar Jalaquduq tumanidagi 55 ta umumta’lim maktablarida ko‘tarinki ruxda tashkil etildi. 

Aytish joyizki, 2024-2025-o‘quv yilida umumta’lim maktablariga 3434 nafar 1-sinf o‘quvchilari qabul qilindi. Ularga Prezidentimizning 12 turdagi sovg‘alari tarqatilib, ta’limning ilk saboqlari berildi. Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari o‘z saylov okruglari xududidagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirlarida ishtirok etdilar. Yuqori sinf o‘quvchilariga “Mustaqillik darslari”ni
o‘tdilar. Dars davomida
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’limga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharotilar haqida gapirib bеrdilar.