Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 147185
Gallery image 147186
Gallery image 147187
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
19 May 2026
16:18

DEPUTAT NAZORATI

O‘rganish tadbiri doirasida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov tomonidan tumanda yetishtirilayotgan piyozlarni chet davlatlarga eksport qilish jarayonlari o‘rganildi.

Unda Kengashi kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.

Nazorat davomida mahsulotlarni saralash, qadoqlash, saqlash va eksportga tayyorlash ishlarining sifati, eksport jarayonida yaratilgan sharoitlar, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, eksport hajmini yanada oshirish, mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorda raqobatbardoshligini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va fikr-mulohazalar bildirildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati