Barcha yangiliklar
🥗 Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda
Gallery image 147150
Gallery image 147151
Gallery image 147152
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
19 May 2026
15:46

🥗 Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 472-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda maktablarda ovqatlantirish tizimini yanada yaxshilash maqsadida hududlarda monitoring tadbirlari davom etmoqda.

🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari F.Navruzov, G.Dosova va Kengash kotibiyati xodimi U. Ruzmetov tomonidan Arbek mahallasida faoliyat yuritayotgan 43-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida nazorat ishlari olib borildi.

🍽 Jarayon davomida maktab oshxonasining faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish holati, sanitariya talablariga amal qilinishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘rib chiqildi.

📌 O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.