Barcha yangiliklar
Qonun ijrosi amalda
Gallery image 147135
MATYAQUBOVA SARABIBI IDIROVNA
19 May 2026
15:41

Qonun ijrosi amalda

Qonun ijrosi amalda

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati, doimiy kommissiya raisi Erkinov Azizbek Qahramonovich tomonidan Bekobod mahallasida O‘RQ-877-sonli 2023-yil 9-noyabrda qabul qilingan “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida qonun talablarining joylarda samarali amalga oshirilishi, ekologik barqarorlikni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilish hamda aholining agroekologik madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan qonun ijrosini kuchaytirish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi