Barcha yangiliklar
📍 SHOVOT TUMANIDA MAKTABLARDA SOG‘LOM OVQATLANISH TIZIMI O‘RGANILDI
Gallery image 147104
Gallery image 147105
Gallery image 147106
Gallery image 147107
Gallery image 147108
Gallery image 147109
Gallery image 147110
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
19 May 2026
15:32

📍 SHOVOT TUMANIDA MAKTABLARDA SOG‘LOM OVQATLANISH TIZIMI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi J.Babajanov, kotibiyat mudiri I.Masharipov, deputatlar M.Kariyev, M.Nurjanova hamda tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borildi.

📑 O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 472-son qarori ijrosi yuzasidan tashkil etildi.

🔍 O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlar tahlil qilindi:

✅ O‘quvchilarning tasdiqlangan mavsumiy taomnomalar asosida ovqatlantirilishi

✅ Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi

✅ Tayyor taomlarning sifatli va o‘z vaqtida yetkazib berilishi

✅ Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi

✅ Maktablarda tashkil etilgan maxsus komissiyalar faoliyati

✅ “kundalik.com” platformasidagi hisob-kitob hujjatlarining haqqoniyligi

🎯 Maqsad — umumta’lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish hamda o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish.