Barcha yangiliklar
AHOLI MUAMMOLARI – JOYIDA O‘RGANILMOQDA
Gallery image 147101
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
19 May 2026
15:29

AHOLI MUAMMOLARI – JOYIDA O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Saidova Xafiza tomonidan fuqarolar bilan uchrashib ularni qiynab kelayotgan muammolari bo’yicha joyida  borib o‘rganildi.
Tashrif davomida bandlik hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir xonadonda aniqlangan muammolar alohida qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilib, murakkabroq muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Bunday o‘rganishlar aholi bilan yaqin muloqotni kuchaytirish, muammolarni tezkor va samarali hal etishga xizmat qiladi.