Barcha yangiliklar
Oziq-ovqat xavfsizligi masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi
Gallery image 146953
Gallery image 146954
Gallery image 146955
Gallery image 146956
Gallery image 146957
Gallery image 146958
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
19 May 2026
11:27

Oziq-ovqat xavfsizligi masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati G.Mirzayeva hamda Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xazratovalar ishtirokida tumandagi 2-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida uchrashuv yig‘ilishi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida muassasada faoliyat yuritayotgan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 3-fevralda qabul qilingan “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ–1023-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Jumladan, aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish, ayniqsa maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar uchun sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xodimlarga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash har bir mas’ul xodimning muhim vazifasi ekanligi ta’kidlanib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv savol-javoblar va mulohazalarga boy tarzda o‘tdi.