Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar hamda mahalla raisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Gallery image 146947
Gallery image 146948
Gallery image 146949
Gallery image 146950
Gallery image 146951
Gallery image 146952
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
19 May 2026
11:23

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar hamda mahalla raisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar hamda mahalla raisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida
amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla raisining hududda olib borayotgan tashkiliy ishlari, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda aholi bilan muloqot qilish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi.
Kengash raisi hududda
amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ham ko‘zdan kechirdi. Xususan, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, atrof-muhit tozaligi, yashil hududlarni kengaytirish, infratuzilma ob’ektlarini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar
bilan tanishildi.