Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Karimova tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 146876
Gallery image 146877
Gallery image 146878
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
19 May 2026
09:57

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Karimova tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

🏥 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Karimova tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

🩺 O‘rganish davomida bo‘limda bemorlarga yaratilgan sharoitlar, fuqarolarni qabul qilish va ularga tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Xususan, kutish joylari, palatalarning holati, sanitariya-gigiyena talablari hamda bemorlar uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, bemorlar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.