Barcha yangiliklar
Mahallada ayollar faolligi va muammolari o‘rganildi
Gallery image 146830
Gallery image 146831
Gallery image 146832
AZIMOVA NARGISA MADALIYEVNA
18 May 2026
00:00

Mahallada ayollar faolligi va muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I. Qodirova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenovlar “Oʻzbekiston” mahallasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli bilan uchrashib, hududdagi ijtimoiy muhit, oilalar farovonligi hamda ayollar bandligi masalalarini o‘rgandilar.

Muloqot davomida mahalladagi muammolar, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

Ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamisha e’tibor markazida bo‘lib qoladi.

🤝 Xalq manfaatlari yo‘lida hamkorlik davom etadi!