Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 146744
Gallery image 146745
Gallery image 146746
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
18 May 2026
18:38

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan o‘rganish ishlari olib borildi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Payariq tumani “Do‘stlik” MFYdagi 30-son umumta’lim maktabiga qarashli “Kattasoy” qishlog‘ida 240 o‘rinli filial binosini qurish ishlari bilan tanishildi. Mazkur obyekt O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 32-sonli Rayosat majlisi bayoniga asosan qo‘shimcha kiritilgan hamda 2024-yilda amalga oshirilishi belgilangan obyektlar qatoriga kiritilgan.

Qurilish ishlari “LYUKS STROY BIZNES 555” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 2 milliard 963,8 million so‘mni tashkil etadi.

O‘rganish davomida binoda yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalari, infratuzilma hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram